ISSIQLIK STRESSI NIMA
Issiqlik stressi - bu hayvon organizmining ichlab chiqaradigan energiya va uning chiqib ketishi balansi buzilishi. Bu stress barcha turdagi hayvonlarda yallig'lanish, mahsuldorlikni pasayishi, hayvonlarning o'sishi sustlashishi, tuxum ishlab chiqarishning pasayishi, tuxum sifatining pasayishi va hatto o'limiga olib kelishi mumkin
KELIB CHIQISHI
Oziq - ovqatning organizmda hazm qilinishi, assimilyatsiya qilinishi va metabolizmida, tana muqarrar ravishda issiqlik ishlab chiqariladi. Ayniqsa yuqori mahsuldor parrandalarda (broyler va tuxum qo’yuvchi tovuqlarda) bu issiqlik katta miqdorda ajraladi. Tanada bu energiyani chiqarishi uchun tashqi muhit juda muhim rol o’ynaydi. Shu jumladan harorat va namlik darajasi:
Yuqori issiqlik va namlikning parrandalarga ta'siri
Broylerlar tovuqlar katta ochilgan tumshuqlar orqali og'ir nafas oladi
Tuxum qo'yadigan tovuqlar katta ochilgan tumshuqlar orqali og'ir nafas oladi
Muhit harorati va namlik darajasi issiqlik bosimi darajasini belgilaydi. Ya’ni issiqlik stressiga nafaqat yuqori harorat, balki namlik darajasiga ham katta bog’liq.
Harorat va namlik ko'rsatkichlari. Namlik 45% - 75% gacha bo'lgan va harorat 30 darajadan past bo'lgan sharoit jo'jalar uchun optimal ekanligini ko'rsatadi.
Qo’yidagilar issiqlik stressining klinik belgilari:
· Suv iste'molining oshishi
· Ozuqa iste'molini kamayishi
· Qanotlarni yoyishi
· Uyquchanlik / faollikning pasayishi
· Og'ir nafas olish (ochiq tumshuq orqali)
Tuxum qo'yadigan tovuqlardagi issiqlik stressining klinik belgilari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin.
· Yupqa qobiqli tuxum sonini ko'payishi
· Tuxum ishlab chiqarishning pasayishi
· Tuxum hajmini kamayishi
Otopsiyada (o'limdan keyin ichki a'zolarini ko'rikdan o'tkazish) issiqlik stressi bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan quyidagi shikastlanishlar aniqlanadi:
- Mushaklar qurishi
- To'q rangdagi quyuq qon
- Buyraklarning shishishi
NOJ'OYA TA'SIRLAR:
Surunkali issiqlik stressi ichak devorlarining shikastlanishiga, teshik ichak sindromiga (Синдром дырявого кишечника) olib kelishi mumkin. Ushbu sindrom quyidagilarga olib kelishi mumkin:
- Ichak hujayralarining yaxlitligini buzish - parrandalar turli kasalliklarga, shu jumladan salmonella infektsiyasiga ko'proq moyil bo'ladi.
- Yomon sanitariya sharoitida ikkilamchi infektsiyalar
- Ozuqa moddalarining o'zlashishi kamayadi
- Plazmadagi endotoksin darajasining oshishi
Yallig'lanish orqali zararli mikroorganizmlar ichak mikrovillilari orqali tanaga va qon oqimiga osonroq kirishiga olib keladi.
Tavsiya etiladi:
- Imkon qadar ozuqaviy qiymati baland ozuqa aralashmalaridan foydalanish;
- Ko'p miqdorda salqin ichimlik suvi bilan ta'minlang (ideal 20°C atrofida)
- Kunning salqin vaqtida tovuqlarni boqish, Masalan: Kundalik ovqatlanishning 1/3 qismini ertalabki 6:00 dan 10:00 gacha bering. Kunning eng issiq vaqtida (ertalab soat 10 dan 16 gacha) yemni olib tashlang. Kundalik ovqatlanishning 2/3 qismini 16:00 dan 21:00 gacha;
- Parranda zichligini 15-20%ga kamaytirish;
- havo harakatining tezligini 2,0-2,5 m/s gacha oshirish. 1 kg tirik vazniga soatiga 6-7 m3 gacha toza havo miqdorini ta’minlash;
- Havoning nisbiy namligini oshishiga olib keladigan tadbirlarni o'tkazmang (polni namlash, qushlarni cho'miltirish va hk);
- Yem-xashak aralashmasiga 2-5% yog'ni kiritish orqali em-xashakning yeyuvchanligini oshirish va tovuqlarda issiqlik ishlab chiqarishni kamaytirish (tuxum tovuqlar uchun 2% gacha);
- Granulalangan ozuqadan foydalanish;
- Tuxum qoyishning pasayishiga yo'l qo'ymaslik uchun har 2 soatda tuxum yig'ib oling,
- Ko'p miqdordagi arpa bo'lgan aralash yemni dietadan chiqarib tashlang, chunki bu suvning ortiqcha sarflanishiga olib keladi;
- C va E vitaminlari kabi antioksidantlar bilan ozuqani yaxshilang.
- Issiq davr boshlanishidan 2 soat oldin aspirin qo'shilgan suv ichish (1 litr uchun 0,3 g);
Ozuqa moddalarining hazm bo'lishini oshirish, umuniy immunitet va stressga chidamlilikni oshirish uchun yemga funksional qo’shimchalarini kiritish, bu qo’shimchalar parrandalarda issiqlik stressini profilaktikasi va kassalik paytida yordam beradi:
Butun issiqlik stressi davrida, organism kerakli vitamin-minerallarlarga muhtojlik sezadi. Bunda yuqori singuvchan Vitamin, Mineral, Aminokislotalarga boy TurboFluid qo’llash (3-5 kun) tavsiya etiladi - 1 tonna suvga 1-2 litr hisobiga
Vaqti-vaqti bilan (7-10 kun davomida) ozuqaga organik kislotalar, probiotik va prebiotik (BacfloraB yoki TurboTox) yoki suvga yo’g kislotalari (Novovital) solib aralashring;
Tuxum qo’yadigan tovuqlarga Ovostrong tavsiya etiladi, undagi tarkibiy qismlar stress paytidagi ozuqa yuqotishlarni qoplaydi va hazm qilishni kuchaytiradi. Tuxum mahsuldorlikini tushmasligiga yordam beradi.
Antistress fitogenik preparatlaridan foydalaning. Masalan OregoPlus 1ml/10 litr ichimlik suvi hisobiga (og’ir holatlarda 3-5 kun ketma ket, yoki profilaktika uchun haftasiga 2 marta). Bu preparat nafaqat parranda immuniteti va ichak tizimi himoyasi, balki isssiqlik stresslarda yuqori samarali hisoblanadi.
Novavet - Yangi Avlod Veterinariyasi
+99899 001 0905
Telegram - @novavet