Fitaza, Kalsiy butirati, fosfor, magniy, marganets, muhim aminokislotalar va yuqori o'zlashuvchan kalsiy
Yuqori sifatli fitaza
Tuxum qo‘yishni ko‘payishi
Tuxum sifati yaxshilanishi
Tuxum qobig‘ining mustahkamligi yaxshilanishi
Tarkibi:
Fitaza, butirik kislota (qoplangan kalsiy butirati), ohaktosh gidroksidi, fosfor, kalsiy, magniy, marganes va muhim aminokislotalar: metionin, lizin, treonin va triptofan
Ta'sir mexanizmi:
Algal ohaktoshida kalsiy, magniy va mikroelementlar tez o‘zlashtiriladigan shaklda mavjud.
Butir kislotasi ingichka ichakda qilchaning o‘sishini yaxshilaydi. Bu ozuqa yahshiroq so‘rilishini ta'minlaydi
Tuxum qobig‘ining shakllanishida ishtirok etadigan barcha minerallar bilan ta'minlaydi.
Yuqori sifatli fitaza fitik kislotasini yo‘q qilib, don tarkibidagi barcha kalsiy va fosforni chiqaradi.
Mahsulot xususiyatlari:
Ovostrong® tuxum qo‘yadigan tovuqlarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan, ayniqsa uning ta'siri yuqori ishlab chiqarish davrida va 40 haftadan oshgan qari tovuqlarga juda samarali.
Tarkibidagi 10 dan ziyod kushimchalarning kombinasiyasi, optimal tuxum qo‘yish uchun zarur bo‘lgan barcha ehtiyojlarni qoplaydi.
Undan tashqari naslchilik parrandalarda tuxum qobig‘idagi yashirin yoriqlarni va tuxum sinish koeffitsentini kamaytirishga samarali ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
1 kg / 1 tonna ozuqaga qo‘shib qo‘llaniladi.
- 36-haftadan boshlab tuxum yo‘nalishidagi va nasl beruvchi tovuqlar tuxumi umumiy sifatini yahshilash uchun.
- Tuxum qo‘yish davrida infeksiyalar, antibiotiklar bilan davolash, ozuqa o‘zgarishi, joy tanqisligi muammolari yoki issiqlik stressidan keyin tuxum qobig‘ining sifatini yaxshilash uchun.
- Yuqori mahsuldorlik davrida 26-40 hafta.