Fitogen ozuqa qo'shimchalari - bu mahsuldorlikni oshirish uchun hayvonlarning ratsioniga qo'shiladigan o'simliklardan olingan moddalar. Efir moylari, o'tlar va ziravorlar - ozuqaning bioaktiv ingredienti bo'lib xizmat qiladi, masalan. fenollar va flavonoidlar.
Fitogeniklar zamonaviy chorvachilikda keng qo'llanilib, antibiotiklardan voz kechishda, tabbiy o'sishni kuchaytiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi.
O‘sishni kuchaytirish maqsadida fitogeniklarni ichak tizimi traktidagi ta'siri va kuchli antioksidant xususiyatlari mavjudligi muhim rol o‘ynaydi. Immunitetni kuchaytirish, hazm qilishni yahshilash va ishtahani yahshilash shular jumlasidandir.
Bir necha moylar kombinatsiyasiga ega Fitogenlar, sinergiya kuchi hisobiga yana ham kuchli ta'sirga ega , masalan OregoPlus (tarkibida: Karvakrol, Timol, Anetol, Terpinen-4-ol) ning ta'sir doirasi juda keng, shuning uchun u o'sish stimulyatori deb ataladi.
Probiotiklar bu foydali bakterialardir. Prebiotiklar esa foydali bakteriyalar uchun ozuqa manbai. Ular hayvonlar organizmida quyidagilarni bajaradi:
Patogen (havfli bakteriyalar) mikroflorani ko‘payishiga yo'l qo‘ymaydi
Protein, vitamin va minerallarni hazm qilishda qatnashadi
Immun tizimini yaxshilaydi
Oshqozon-ichak tizimini yaxshilaydi. Ich ketishni to‘xtatadi va uni oldini oladi
Vitamin K, B12, tiamin, folik kislota va biotin ishlab chiqarishda qatnashadi.
Chorvachilikda va parrandachilikda hozirgi kunda keng qo'llanilayotgan Enterococcus faecium (Maxlac) , Bacillus Subtilis (BacfloraB) va prebiotik Saccharomyces cerevisiae (Bacflora, TurboTox) faolilik ta'siri juda yuqori va ular hayvonlar umumiy mahsuldorligini oshirishda ham yordam beradi.
"Organik kislotalar" atamasi uglerod asosida qurilgan, metabolik kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriyalarning ko'payishini oldini oladigan va o'limga olib keladigan kislotalarni anglatadi. Chorvachilikda organik kislotalar oshqozon-ichak tizimiga yordam sifatida, yoki yemni to'gri saqlash va suvni PH darajasini boshqarish uchun ishlatiladi.
Yemni sifatini oshirishda masalan, TurboTox dagi organik kislotalar yemni hazm bo'lish darajasini oshirishdan tashqari, yemdagi toksinlarni yo'qotadi va yemni saqlash darajasini yaxshilaydi.
Novovital dagi qisqa va o‘rta zanjirli yog‘ kislotalarining mono va di-gliseridlari: Butir kislotasi (C4), kaprilik kislotasi (C8), kaprik kislotasi (C10), laurik kislota (C12) Yuqori samarali o‘sish stimulyatori va tabiiy antibiotik sifatida ham qo'llaniladi, undan tashqari parrandalarda koksidiyozga qarshi kuchli ta'sirga ega.
Vitamin, Minerallar, Aminokislotalar organizm va uning metabolizmi uchun eng muhim moddalardir. Ular:
Hujayra shakllanishi va metabolizmi uchun zarur elementlar bilan ta'minlaydi
Kasalliklar paytida mahsuldorlik, ishtaha va o‘sishni saqlashga yordam beradi
Stress bilan bog‘liq yo‘qotishlarni o‘rnini bosadi
Masalan, TurboFluid tarkibidagi 25 dan ziyod qo'shimchalar chorva va parrandalar rivojlanishi uchun barcha muhim vitamin, mineral va aminokislotalar mavjud bo'lib, u hayvolnlatda ozuqagi kamchiliklar va kasallikdagi yuqotishlarni to'ldirishda va umuman mahsuldorlikni oshirishda ishlatiladi.
Promix yem qo'shimchasidagi xelat minerallar, rux, kobalt, mis va marganetsning organik (lizin, metionin) birikmalaridan iborat. Ular sut ko'paytirishda qatnashishdan tashqari , yelin kasalliklari (mastitlar), tuyoq kasalliklarini oldini oladi.
Zamonaviy silos tayyorlashda to'gri silos konservantini tanlash juda muhim. Silosning ozuqaviy qiymati, uning holati, chirish va achishni oldini olish va ichida patogenlarning (havfli bakteriyalar) ko'payishiga yo'l qo'ymasilik bu silos konservantining to'gridan to'gri funksiyasidir. Yashi tayyorlangan silos uzoq vaqt yaxshi saqlanadi va chorvalar oshqozon ichak tizimiga yaxshi qabul qilinadi. O'zbekiston sharoitida silos qilishdagi hatoliklar chorvalarda bakterial kasalliklar rivojlanishi, sigirlarda sut berishni kamayishi, buzoqlarda hatto o'limga olib kelishi kuzatilgan.
Bonsilage - silos konservanti Yevropada eng ko'p qo'llaniladigan konservant bo'lib, uning tarkibiga 5 xil shtamm sut kislotasi bakteriyalari kiradi. Bonsilage bilan tayyorlangan silos kuchli ozuqaviy qiymatga ega bo'lib, uzoq vaqt saqlash imkonini beradi. Aynish va chirishdan saqlaydi.